TDSHUni joriy yil bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
2021-yil 12-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Tarjimonlar byurosining Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq tillari bo‘limi boshlig‘i Matlyuba Kuchakbekova hamda Sharqiy Osiyo tillari bo‘limi boshlig‘i Sukrotbek Zakirovlar tashrif buyurib, universitet bitiruvchi talaba va magistrantlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Mazkur uchrashuvda talabalar bilan kelgusida diplomatiya sohasida munosib nomzodlarning tarjimon sifatida ish faoliyatini davom ettirish maqsadida suhbat bo‘ldi. Ushbu suhbatda hind, xitoy, arab, fors, turk tillarini o‘rganayotgan 20 nafardan iborat filolog, tarixchi, iqtisodchi va siyosatchi talaba va magistrantlar ishtirok etdi. Suhbat natijasida vazirlik xodimlari tomonidan talabalarimizning bilimlariga yuqori baho bergan holda TDSHU rahbariyatiga mazkur uchrashuvni tashkil etilganligiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.