TDSHU rahbariyati Namangan Sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumining faoliyatini takomillashtirish maqsadida xizmat safarida
2021-yil 16-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ma’muriyati rektor G.Rixsiyeva boshchiligida Namangan Sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumining faoliyatini takomillashtirish maqsadida ish safari bilan Namanganda bo‘lib qaytishdi.
Namangan Sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumi Prezidentimizning 2019-yil, 6-senyabrdagi PF-5812-sonli Farmoni asosida TDSHU huzurida faoliyat yuritishi belgilangan.
TDSHU rahbariyatining texnikum jamoasi va Namangan viloyati hokimligi mas’ullari bilan muloqoti jarayonida texnikum oldida turgan vazifalar, texnikumining kelajak taraqqiyoti kabi masalalari yuzasidan muhokama yuritildi.
Shuningdek, TDSHU rahbariyati texnikumda bo‘lib o‘tgan navro‘z sayillarida ham qatnashdilar.