“G’azalxon yoshligim: Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va Ogahiy g’azallari bilimdoni’’ mushoiraxonlik tanlovi bo’lib o’tdi.
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2021/03/53B9CF63-7866-4177-9819-D0BE5263933A-1024x682.jpeg)
Bahor faslining fayzli bayramlaridan biri Navro’z. Bayram munosabati bilan joylarda ko’plab tadbirlar tashkil etilmqda. Jumladan, avval xabar qilganimizdek TDSHUda ham “Har kuning o’lsun navro’z’’ mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy, adabiy tadbirlar haftaligi o’tkazilmoqda. Masalan, bugun 17-mart kuni “Har kuning o’lsun navro’z’’ tadbirlar dasturidan o’rin olgan “G’azalxon yoshligim: Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va Ogahiy g’azallari bilimdoni’’ mushoiraxonlik tanlovi bo’lib o’tdi.
Fakultetlarning saralangan talabalari o’rtasida bo’lib o’tgan ushbu musobaqada universitet bosqichi g‘oliblari maqtov yorliqlar bilan taqdirlandilar. Qolaversa, eng yuqori 3 talikni qo’lga kiritgan talabalarga alohida pul mukofoti taqdim etildi.
Tanlov g’oliblari:
1-o’rin egasi Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 2-kurs talabasi Rahmonalieva Iroda.
2-o’rin egasi Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 2-kurs talabasi Hamraeva Nozima
3-o’rin egasi Xitoyshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi Ahmedov Fayoz.