TDSHU talabalarining “Bahorgi turistik mavsumi” nomli tadbirdagi ishtroki
Bugun 2021-yil 18-mart sanasida “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizmi” fakulteti “Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm” kafedrasining 1-kurs talabalari “Bahorgi turistik mavsumi” ning boshlanishiga bag’ishlangan tadbirda da faol ishtirok etdilar.
Tadbirda “Yangi turistik mavsum ochilishining soha sub’ektlari uchun ahamiyati”, “Pandemiya sharoitida davlat tomonidan tadbirkorlarni qo’llab quvvatlash” va “Turistik mavsum tiklanishining gastronomik sohaga ijobiy ta’siri” mavzularida baxs munozaralar o’tkazildi. Qolaversa, Aktiv boshlovchi, Musiqachilar (milliy cholg’u ansambli, estrada qo’shiqchilari), Animatorlar, Sharlar (Aeronavtika), LED ekran, Foto Zona, Press Wall, Viktorina kabi turli hil ko’ngil ochar chiqishlari tashrif buyurganlarga yanada bayramona kayfiyat baxsh etdi.