Hamid Nayrobodiy: Har lahzamiz Navro‘z bo‘lsin!
Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda vamuxtor elchisi Hamid Nayrobodiy Toshkent davlatsharqshunoslik universitetida bo‘lib o‘tgan “Navro‘z – Sharqxalqlarining qadimiy bayrami” nomli tadbirda qatnashib, tadbir haqida “UZA” muxbirlariga quyidagi fikrlarini aytdi:
“Navro‘z – bu bahorning birinchi kuni, yangi fasl, yangi yilning boshlanishi, qushlarning sayrashi, do‘stlarning yakdilligi va diydorlashuv bayramidir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “Xalqaro Navro‘z kuni” rezolyutsiyasining qabul qilinishi bilan Navro‘z bayrami nafaqat Sharqda, balki butun dunyoda qutlug‘ bir tantanaga aylandi. Qolaversa, kuni kecha Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tashkil etilgan Navro‘z tantanasida qatnashdim, u yerda fors tilini o‘rganayotgan talabalar ijrosidagi forscha she’r va qo‘shiqlarni eshitib, madaniyatlarimiz va qadriyatlarimiz mushtarakligidan quvondim”- deydi Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayrobodiy.
Batafsil ma’lumot quyidagi havolada👇🏻
https://www.uza.uz/uz/posts/hamid-nayrobodiy-har-lahzamiz-navroz-bolsin_250519