Universitet rahbariyati Xiva Sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumida xizmat safarida bo’lib qaytdilar
Joriy yilning 27-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari rektor G.Rixsiyeva boshchiligida Xiva Sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumida xizmat safarida bo‘ldilar. Safarning asosiy maqsadi texnikum faoliyatini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish masalasiga qaratilgan.
Ma’lumot o’rnida aytshimiz joizki, Xiva Sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumi Prezidentimizning 2019- yil, 6 sentabrdagi PF-5812-sonli farmoni asosida TDSHU huzurida faoliyat yuritishi belgilangan.
TDSHU rahbariyatining texnikum ma’muriyati, talabalari va Xorazm viloyati hokimligi mas’ullari bilan muloqoti jarayonida texnikum oldida turgan vazifalar, texnikumining kelajak taraqqiyoti masalalari muhokama qilindi. TDSHU professor-o‘qituvchilari texnikum talabalariga mahorat darslari xam o‘tib berdilar. Shuningdek, texnikum ARMiga 100 dan ortiq kitoblar taqdim etildi.