Oliy ta’lim muassasalari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiya tanlovlari” mavzusida vebinar bo‘lib o‘tadi
Onlayn vebinar 2021-yil 31-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Vebinarda oliy ta’lim muassasalari rahbar hodimlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar hamda barcha qiziquvchilar, jumladan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Shuningdek, vebinarda qatnashuvchilar Jamg‘arma rasmiy saytida belgilangan tartibda https://webinars.eyuf.uz ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.
Videokonferensiyaga ishtirokchilar Zoom platformasi orqali bog‘lanishlari va ishtirok etishlari mumkin.
Batafsil ma’lumotlar quyidagi havolada 👇🏻