YUNЕSKO tomonidan yana bir e’lon
YUNЕSKO tomonidan 2015-yilda ta’sis etilgan va Xitoy hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan Xotin-qizlar ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan shaxslar uchun 50.000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot uchun tanlov e’lon qilingan.
Mazkur tanlovga har bir a’zo davlat 3 nafargacha nomzod ko‘rsatishi mumkin hamda tanlov yakunlarida 2 nafar g‘olib nomzod aniqlanib, ularning har biri 50.000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot bilan taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar loyihalari Barqaror rivojlanishning 4- va 5- maqsadlarining quyidagi bir yoki bir necha yo‘nalishlariga mos kelishi, kamida ikki yildan buyon amalga oshirilayotgan, samarali va davomiyligini aniq isbotlagan bo‘lishi kerak:
1. Ishtirok etish: barcha qizlarning umumta’lim olish jarayonidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash;
2. Savodxonlikni oshirish: barcha yosh qizlar va ayollarning savodxonlik malakalarini oshirish jarayonida faol ishtirok etish;
3. Muhit yaratish: gender teng huquqligi muhitini yaratish va qo‘llab-quvvatlash;
4. O‘qituvchilar maqorati: o‘qituvchilarning gender teng huquqlik asosida ta’lim berishga yo‘naltirish;
5. Ko‘nikma shakllantirish: qizlar va ayollarning yashash va mehnat qilishi uchun bilim va ko‘nikmalarni oshirishni qo‘llab quvvatlash.
Shuningdek, loyihalar xotin-qizlar ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan eng ilg‘or tajribalarini qamrab olishi kerak.
Mukofot to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin 👇🏻
https://en.unesco.org/themes/women-s-and-girls-education/prize
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar anketani ingliz yoki fransuz tillarida quyidagi veb-sahifada onlayn to‘ldirishlari zarur 👇🏻
Shu bilan birga to‘ldirilgan anketalarni joriy yilning 10-apreliga qadar TDSHU Xalqaro hamkorlik bo‘limiga taqdim etilishi lozim.
Xalqaro hamkorlik bo‘limi