TDSHU rektorining talabalar bilan navbatdagi uchrashuvi
Bugun 31- mart kuni TDSHU rektori G.Rixsiyeva bilan universitetning Kechki bo‘lim talabalari o’rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Talabalar ta’lim olish va tarbiya tizimi bilan bog‘liq savol va mulohazalariga rektordan javob oldilar. Ochiq muloqot Kechki bo‘lim talabalarini qiynab kelayotgan muammolarni yechimiga qaratilgan foydali uchrashuv sifatida o‘tdi. Mazkur uchrashuv yakunida bu kabi muloqot soatini tez-tez o‘tkazib turishga kelishib olindi.