Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik dasturi” doirasida stipendiyalar tanlovi

05.04.2021, 13:04 E'lonlar 2023

Indoneziya Respublikasi hukumati bakalavr, magistrlik va doktorlik darajalari bo‘yicha “Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik dasturi” doirasida stipendiyalar tanlovini e’lon qilgan.
Ushbu dastur xorijiy talabalarga Indoneziyaning bir qator oliy ta’lim muassasalarida bakalavr, magistratura va doktoranturada gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar hamda ta’lim va ilm-fan kabi yo‘nalishlarda tahsil olish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, dasturda ishtirok etish istagini bildirgan universitet o‘qituvchilariga alohida imtiyozlar beriladi. Dasturning yosh jihatdan va ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha talablari quyidagicha:
bakalavr yo‘nalishiga 25 yoshdan katta bo‘lmagan nomzodlar,
IELTS 6.0
magistratura mutaxassisligiga 35 yoshdan katta bo‘lmagan nomzodlar,
IELTS 6.0.
doktorantura ixtisosligiga 40 yoshdan katta bo‘lmagan nomzodlar,
IELTS 7.0.
Stipendiya xalqaro avichiptalar, tibbiy sug‘urta va yashash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashni o‘z ichiga oladi.
Stipendiyalar dasturida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 14-aprel kuniga qadar quydagi 👇🏻

http://knb.kemdikbud.go.id/

veb-sayt orqali ro‘yxatdan o‘tib,to‘ldirilgan anketalarni TDSHU Xalqaro hamkorlik bo‘limiga taqdim etish lozim.

 Ilova

KNB Scholarship Applicaaon Guidelines – 2021