TDSHUga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tashrifi
2021-yil 7-aprel kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.H.Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 16-apreldagi PQ-4680-son qarori ijrosi bo‘yicha Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida universitetga tashrif buyurdi. Xususan, Universitetning yangi hududida rejalashtirilgan qurilishlar, o‘quv binolaridagi ta’mirlash bo‘yicha ishlar bilan tanishdi va o‘z tavsiyalarini berdi.