“Global Japan Office” nomli ofisi tashkil etiladi
Bugun, 9-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Tokio chet tillari universiteti o‘rtasida onlayn memorandum imzolash marosimi bo‘ldi. Unga ko‘ra TDSHUda Yaponiyaning mazkur universitet “Global Japan Office” nomli ofisi tashkil etiladi.
Ofisning maqsadi – universitetlar o‘rtasida talabalar va olimlar almashinuvini, ilmiy va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, onlayn tadbirlarni keng yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston yoshlariga Tokio chet tillari universiteti faoliyati haqida ma’lumot berish.
Imzolash marosimida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva “Global Japan Office” o‘z maqsadlariga erishishda TDSHU uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Ofisda yaponiyalik mutaxassislarning onlayn ma’ruzalarini yo‘lga qo‘yish, Tokio chet tillari universiteti talabalari uchun o‘zbek tili, O‘zbekiston tarixi va madaniyati kabi maxsus darslarni joriy etish alohida qayd etildi. Yanada batafsilroq universitet rahbariyatining “UZA” ga bergan ma’lumotlarida👇🏻
https://www.uza.uz/uz/posts/tokio-chet-tillari-universiteti-ozbekistonda-oz-ofisini-ochmoqda_256365