“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir o’tkazildi
Bugun, 14-aprel kuni universitet Madaniyat saroyida “Jaholatga qarshi ma’rifat” yo‘nalishida “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida diniy soha egalari bilan turkum ma’rifiy suhbatlarning birinchi qismi tashkil etildi.
Suhbatda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi mutaxassisi Meliqo‘ziyev Jahongir ishtirok etdi.
Suhbat davomida mutaassiblik, dinni niqob qilib olgan turli firqalar, soxta salafiylik singari g‘oyalar mazmuni, mohiyati va hozirgi ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘rinishi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir so‘nggida talaba-yoshlar mutaxassisga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Buning kabi uchrashuvlar yoshlarning turli madaniyat va qarashlarga bag‘rikeng munosabatda bo‘lishiga, katta ahamiyat kasb etadi.