G’ozi universiteti professori Fatma Achikning «Turk tilini o’qitishning zamonaviy metodlari» mavzusidagi vebinari tashkil etildi.
2021-yilning 15-aprel kuni «Turk filologiyasi» kafedrasi tomonidan turk tili fanidan dars berayotgan professor-o’qituvchilar uchun G’ozi universiteti professori Fatma Achikning «Turk tilini o’qitishning zamonaviy metodlari» mavzusidagi vebinari tashkil etildi. Vebinarda TDSHU, O’zMU, TDO’TAU, SamDCHTI professor-o’qituvchilari ishtirok etdi. Ma’ruza yakunida turk tilini o’qitishning zamonaviy metodlari haqida savol-javoblar va bahs-munozaralar qizg’in davom etdi.

