Rossiya Federasiyasi Oltoy davlat universiteti bilan hamkorlik kengayadi
2021-yil 16-aprel kuni Rossiya Federasiyasi Oltoy davlat universiteti rektori Sergey Nikolayevich Bocharov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva mehmonlarga universitet faoliyati, ilm-fan sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda Rossiya Federasiyasi hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan bugungi kundagi hamkorlik aloqalari haqida so‘zlab berdi.
O‘z navbatida, Oltoy davlat universiteti rahbariyati universitet faoliyati, xalqaro yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Shu bilan birga Sergey Bocharov Oltoy davlat universitetida TDSHU bilan birgalikda sharq tillarini rivojlantirish loyihalari hamda turkologiya sohasida hamkorlik qilish takliflarini bildirdi.
Eslatib o’tamiz, bugungi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Rossiyaning 8 ta oliy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, oxirgi 2 yilda Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Qozon federal universiteti, Rossiya xalqlar do‘stligi universitetlari bilan turli ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Qilinayotgan barcha sayi harakatlar, hamkorliklar siz aziz yoshlarni kelajakda yetuk mutaxassis bo’lishingizga qaratilgandir.
https://uza.uz/uz/posts/rossiya-federaciyasi-oltoy-davlat-universiteti-bilan-hamkorlik-kengayadi_258527