“Gender tengligi – inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida” mavzusida uchrashuv o‘tkaziladi.
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2021/04/A22F27AA-9CB8-40FF-8922-0AEEEE6811A6-1024x538.jpeg)
21-aprel kuni, soat 14.00 da TDSHU Madaniyat saroyida xalqaro huquqshunos, Adliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oshirish markazi professori Lola Abduvahidovna Saidova bilan “Gender tengligi – inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida” mavzusida uchrashuv o‘tkaziladi.
Universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va talabalarni ushbu tadbirga taklif etamiz.