JICA-Chair loyihasi TDSHU da yolga qo’yilmoqda
2021-yil 28-apreldan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida «JICA-Chair» loyihasi doirasida JICAning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, doktor Miyazaki Suguru talabalar va mutaxassislar uchun «Osiyo va Afrika mamlakatlari iqtisodiy o’sish modellari» mavzusida turkum ma’ruzalar o’qiydi.
Dr. Miyazaki Suguru – Tokio universiteti bitiruvchisi. U 2011-yilda Kioto universitetida iqtisod fanlari doktori unvoniga sazovor bo’ldi. Shuningdek, u xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarida katta ish tajribasiga hamda Kioto va Osaka universitetlarida tashrif buyurgan professor sifatida 10 yildan ortiq pedagogik tajribaga ega.