TDSHU rektori Toshkentu viloyati, Zangiota tumanidagi 36-maktabga tashrif buyurdi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2021/04/07EA9679-6DE7-4EBA-9424-2C411D999866.jpeg)
Joriy yilning, 24-aprel kuni TDSHU rektori G. Rixsiyeva va “Aloqalar va hamkorlik” bo‘limi boshlig‘i Q. Imomnazarov Prezidentimizning 2020-yil 6-noyabrdagi «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash hamda navbatdagi «Ochiq eshiklar kuni»ni tashkil qilish maqsadida Toshkentu viloyati, Zangiota tumanidagi 36-maktabga borishdi. Rektor G. Rixsiyeva bitiruvchilar bilan suhbatlashib, ularning kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi.
Q. Imomnazarov tomonidan mahorat darslari tashkil etildi va universitetdagi ta’lim yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.