Turkiya bilan yana bir loyiha yo‘lga qo‘yildi
Turkiya Respublikasining Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi tomonidan 28-aprel kuni Yevroosiyo yoshlik maktabi tadbirining onlayn ochilish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti, Manas qirg‘iz-turk universiteti, Xalqaro qozoq-turk liseyi rahbariyati va talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva Yovroosiyo yoshlik maktabida ishtirok etish uchun universitetdan 100 nafar talaba hujjat topshirgani va ulardan 24 nafari hamkor tashkilot tomonidan saralab olingani bu dasturga qiziqish yuqori ekanidan dalolat berishini ta’kidladi. Shu bilan birga, mazkur tadbir turkshunos talabalarimizning shaxsiy, madaniy, kasbiy va intellektual rivojlanishiga hissa qo‘shishi, Turkiya haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lishi hamda dasturda ishtirok etayotgan qardosh yoshlarning o‘zaro tanishish va do‘stlashish muhitini yaratishga xizmat qilishini mamnuniyat bilan qayd etdi.
https://www.uza.uz/uz/posts/tdshu-turkiya-bilan-yana-bir-loyihani-yolga-qoydi_262112