Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Sh.Rixsiyevaning o‘quv jarayoni 2021-yil 17-maydan an’anaviy shaklda davom ettirilishi yuzasidan RASMIY BAYONOTI
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2021/05/C9EDE00F-9D8D-4EB1-8BA8-FBC156F877DB-1024x768.jpeg)
‼️Mamlakatimizdagi COVID-2019 bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni inobatga olib 22.04.2021-yil 160-UM buyruq bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘quv jarayoni 2021-yil 22-apreldan 6-mayga qadar masofaviy shaklga o‘tkazildi. Talabalar Ramazon hayiti bayramini oila davrasida munosib nishonlashiga sharoit yaratish maqsadida 30.04.2021-yil 165-UM-sonli buyruq bilan universitetdagi masofaviy ta’lim muddati 2021-yilning 15-mayiga qadar uzaytirildi.
O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo‘lmang, niqob taqing va ijtimoiy masofani saqlang!
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!