Universitet rektori G.Rixsiyeva boshchiligidagi mas’ullar Mirobod tumanida joylashgan Mingo‘rik, Yuksalish, Afrosiyob, Bayot, Tolariq, Lolazor, A.Avloniy MFY raislari va tuman hokimi o‘rinbosari F.Madaminova bilan uchrashuv tashkil etdilar.
📢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-sonli Farmoniga ko‘ra har bir davlat OTMga mahallalar biriktirish topshirig‘i berilgan. Shunga ko‘ra Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Mirobod va Yashnabod tumanlaridan 9 ta MFY biriktirildi.
Shu munosabat bilan universitet rektori G.Rixsiyeva boshchiligidagi mas’ullar Mirobod tumanida joylashgan Mingo‘rik, Yuksalish, Afrosiyob, Bayot, Tolariq, Lolazor, A.Avloniy MFY raislari va tuman hokimi o‘rinbosari F.Madaminova bilan uchrashuv tashkil etdilar. Uchrashuvda TDSHUning MFY bilan o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshiradigan ishlari kelishib olindi. Bunga ko‘ra mahalla yoshlari uchun bepul koreys, yapon, xitoy, arab, turk, ingliz tillarini o‘qitish va tadbirkorlik asoslari kurslari, badiiy- havaskorlik hamda sport to‘garaklariga jalb etish ishlari rejalashtirib olindi.