Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUning “Turk filologiyasi” kafedrasi Gʻozi universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbek-turk yosh tadqiqotchilari” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazdi.

18.05.2021, 17:11 Yangiliklar 2383

2021-yil 17-may kuni TDSHUning “Turk filologiyasi” kafedrasi Gʻozi universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbek-turk yosh tadqiqotchilari” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazdi.

Seminarda Gʻozi universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva  universitetlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, xususan, mazkur tadbir mohiyati xaqida o‘z fikrlarini bildirib quyidagilarni ma’lum qildi: “TDSHU va Gʻozi universiteti bilan 2019 -yilning 7-noyabr kuni hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Shundan so‘ng TDSHUning bir qator konferensiyalarida mazkur universitet olimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan. 2020-2021 o‘quv yilining 1-semestrida Gʻozi universiteti professori Fatma Achik “Asosiy o‘rganilayotgan til fonetikasi” fanidan talabalarga volontyor sifatida dars o‘tgan. Bugun esa “O‘zbek-turk yosh tadqiqotchilari” mavzusida universitetimizning “Turk filologiyasi” kafedrasi hamda Gʻozi universiteti bilan hamkorlikda ilk xalqaro seminar bo‘lib o‘tishi xamkorlik aloqalarimizning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi” deb ta’kidladi.

Tadbir davomida Gʻozi universitetining 2 nafar doktoranti o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi:

1. Malika Erdir. Mavzusi: Tushuncha xaritasi texnikasi yordamida C1 darajadagi Turk tili grammatikasini o‘rgatish.

2. Semih Alper Dundar. Mavzusi: Xalqaro talabalarga Turk tilini o‘qitishda madaniyatlararo yondashuvga asoslangan badiiy matnlardan foydalanish: C1 darajasida.

TDSHU “Turk filologiyasi” kafedrasi 3 nafar yosh tadqiqotchisi ham mazkur tadbirda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi:

1. Mehriniso Kayumova. Mavzusi: Haldun Taner va o‘zbek dramaturgiyasining mushtarak jihatlari.

2. Nuriddin Altinboyev. Mavzusi: Turkcha maqolalarda oila konsepti va uning lingvokulturologik tadqiqi.

3. Sadaf Shabanova. Mavzusi: “El” va “ayak” komponentlari ishtirok etgan turkcha iboralarda inson obrazining ifodalanishi.

Tadbir yakunida ma’ruzalar bo‘yicha savol-jaavoblar bo‘lib o‘tdi.

13B598B8-4D40-4F0C-A533-73478DD0F49D    BDED227A-77B7-472D-A48D-B4C71AF500FA     83D3E4A9-53E0-4BFC-922A-1B713CF4E1F7

DD75F9EB-EBA4-4BC7-B01A-0F30F2C533C7    F979736F-743F-446A-959A-D5455EDA7640     AA1496D8-4898-4448-9FDA-B3CED0FE2B07