Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga biriktirilgan Yashnabod tumanidagi Jarqo‘rg‘on MFYga tashrif
Bugun, 18-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga biriktirilgan Yashnabod tumanidagi Jarqo‘rg‘on MFYga Turkshunoslik fakulteti dekani J.Shabanov boshchiligidagi mas’ullar tashrif buyurishdi. Tashrif chog‘ida mahalla yoshlarining qiziqishlari, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar masalasi muxokama qilindi. Shuningdek, Jarqo‘rg‘on mahallasi hududida joylashgan 170-umumta’lim maktabi ma’muriyati bilan 5 tashabbus doirasida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha kelishib olindi. Mahalla yoshlari va maktab o‘quvchilari uchun bepul koreys, yapon, xitoy, arab, turk, ingliz tillarini o‘qitish va tadbirkorlik asoslari kurslari, badiiy – havaskorlik hamda sport to‘garaklariga jalb etiladigan yoshlar ro‘yxati shakllantirildi.