Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Gʻolib. Sara g‘azallar” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

19.05.2021, 19:56 Yangiliklar 1731

2021-yil 19-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo tillari” kafedrasi tomonidan “Gʻolib. Sara g‘azallar” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekistondagi Hindiston Respublikasi  Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat, Toshkentdagi La’l Bahodur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori Chandra Shekxar, Hindiston elchixonasi konsuli Shipra Gxosh, TDSHU rahbariyati hamda hindshunos professor-o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda Shipra honimning “Sanskrit tilini onlayn o‘rganish” (Little Guru) nomli taqdimoti va talabalar tomonidan Gʻolib g‘azallaridan namunaviy chiqishlar bo‘lib o‘tdi.

TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva o‘zining kirish so‘zida “Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo tillari” kafedrasi dosenti, f.f.n. Muhayyo Abdurahmonova Hind mumtoz shoiri Mirzo Asadullaxon Gʻolib qalamiga mansub urdu tilidagi devonining o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Gʻolib. Sara g‘azallar” she’riy to‘plamining nashr etilishida Hindiston elchixonasi va La’l Bahodur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi tomonidan moliyalashtirilganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek tadbir davomida elchi janoblari Manish Prabhat o‘zining tabrik so‘zlarini bildirib, “Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo tillari” kafedrasining hindshunos professor-o‘qituvchilari va “Talabalar ilmiy anjumani” sovrindorlarini taqdirlash marosimida qatnashdi.

 

1C686624-3030-4F3B-9EC9-550B9939461F     B3503A14-29FD-4C2E-AF60-439E918F9866    A209D8C2-1BDB-4F06-82AA-FD89A51663B6