Turkologiya kafedrasining professor-o’qituvchilari Parkent tumani 16-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Turk filologiyasi” kafedrasining “Turk tilini an’anaviy va zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’qitishga qaratilgan o’quv-uslubiy ishlar rejasi”ga muvofiq, 2021-yilning 21-may sanasida kafedra o’qituvchilari L.Aminova, M.Aripov, H.Boltaboyeva va S.Shabanova Parkent tumani 16-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilariga “Bugungi kunda chet tilini o’rganish dolzarb masala” mavzusida ma’ruza qilib berishdi. Unda kafedra o’qituvchilari o’zlarining bilim va ko’nikmalarini maktab o’quvchilari bilan o’rtoqlashishdi. Ma’ruza so’nggida o’quvchilar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o’qitiladigan sharq tillari haqida ham yangi ma’lumotlarga ega bo’lishdi.