Sharqshunoslik sohasiga hissa qo’shgan olimlarning ijodi bugunning yoshlari nigohidа
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2021/05/photo_2021-06-30_16-56-07-1024x768.jpg)
Kuni kecha Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Turkshunoslik fakulteti G’arb tillari kafedrasining professor-o’qituvchilari hamda talabalari ishtirokida Sharqshunos olimlar ijodiga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi.
Unda talabalar o’zlari tanlagan Sharqshunoslik sohasiga hissa qo’shgan olimlar,professor-o’qituvchilarning hayoti va ijodi haqida videoroliklar, prezentatsiyalar tayyorlab yig’ilganlarga ingliz-tilida ma’ruza qildilar. Taqdimotdan so’ng Turkshunoslik fakulteti dekani J.Shabanov hamda G’arb tillari kafedrasining professor-o’qituvchilari talabalar tomonidan tayyorlangan Sharqshunos olimlarning ijod na’munalari aks etgan ko’rgazmalar maydoni bilan tanishdilar.