Samarqand davlat chet tillari institutiga tashrif
2021-yilning 29-may kuni “Turk filologiyasi” kafedrasi mudiri f.f.d., dots. P. Kenjayeva va kafedraning xorijlik o’qituvchisi f.f.d. Ch.Yildiz Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurib bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida ishtirok etishdi. Shuningdek, talabalar uchun “Turk tili va adabiyotining dolzarb masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi, seminar yakunida talabalarning ham fikr-mulohazalari tinglandi. Kun yakunida “Yaqin Sharq tillari” kafedrasi bilan kelajakdagi hamkorlik aloqalari haqida kelishib olindi.