TDSHU talabalari uchun Hindiston tashqi siyosati bo‘yicha turkum ma’ruzalarning yakuniy sakkizinchi ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekistondagi Hindiston Respublikasining elchixonasi tomonidan TDSHU talabalari uchun o‘tkazilayotgan Hindiston tashqi siyosati bo‘yicha turkum ma’ruzalarning yakuniy sakkizinchi ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Unda Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat “10 Priority Themes in India’s Foreign Policy” mavzusi doirasida dars mashg‘ulotini olib bordi.
Tadbir yakunida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchexra Rixsiyeva O‘zbekistondagi Hindiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manish Prabhat hamda elchixona jamoasiga joriy yilning 3 oy davomida universitet talabalari uchun “Hindiston tashqi siyosati” mavzusida olib borgan dars mashg‘ulotlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shu bilan birga, Hindiston elchisi va diplomatlari tomonidan talabalarga o‘tilgan mazkur ma’ruza va dars mashg‘ulotlari ularning o‘quv jarayonida bilimlarini yanada boyitganligi hamda olingan bilimlardan kelgusida ham o‘z sohalarida foydalanishlari ta’kidlab o‘tildi.