TDSHUda yettinchi marotaba “Xorijiy sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” nomli ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi.
2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida Sharq mamlakatlarining rivojlanish omillari, ulardagi zamonaviy ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarga oid tadqiqotlarni yanada rivojlantirish vazifasi belgilangan edi. Shu munosabat bilan TDSHUda yettinchi marotaba “Xorijiy sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” nomli ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi.