Oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalar. Bu haqida TDSHU rektori G. SH. Rixsiyeva universitetning tayanch doktorantlari bilan tashkil etgan navbatdagi uchrashuvida
Ma’lumki Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun kuni oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o’tkazildi. Yig’lishda yurtboshimiz ushbu tizimga oid ko’plab o’zgarishlar kiritilshini aytib, sohadagi 4 ta ustuvor vazifani ko‘rsatib o‘tdilar.
Qolaversa, Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati masalasiga alohida e’tibor qaratdilar.
Ushbu videoselektor yig‘ilishida oliy ta’lim tizimidagi belgilangan ustuvor vazifalarni yoshlarga yetqazish va unga amal qilish lozimligi yuzasidan TDSHU rektori G. SH. Rixsiyeva bugun, 23- iyun kuni universitetda tahsil olayotgan tayanch doktorantlar bilan navbatdagi uchrashuvni tashkil etdi.
Shuningdek, ularning olib borayotgan ilmiy faoliyatlari yuzasidan suhbat o’tkazdi.İlmiy izlanuvchilar tomonidan berilgan savollarga yetarlicha javob berib, tayanch doktorantlarning ilmiy faoliyatlarida kerakli, foydali ma’lumot va tavsiyalarini berdi.