Qabul 2021. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.
✅ Unga ko‘ra 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:
👉 bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
🔹 kunduzgi ta’lim shakliga – 113 530 nafar;
🔹 sirtqi ta’lim shakliga – 37 675 nafar;
🔹 kechki ta’lim shakliga – 6 550 nafar;
👉 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 12 900 nafar;
👉 filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha – 500 nafar etib tasdiqlandi.
❇️ Shuningdek, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 2 000 ta davlat granti asosidagi qabul parametrlari ajratiladi.