2-GLOBAL TADBIRKORLIK HAFTALIGI O’TKAZILADI
2018-yilning 12-18-noyabr kunlari O‘zbekistonda 2-global tadbirkorlik haftaligi o’tkaziladi. Haftalikdan ko‘zlangan asosisy maqsad startaplarni boshlashda tadbirkorlarga yordam berish, biznes g‘oyalarni amaliyotga joriy qilish uchun yoshlarni targ‘ib qilish, tadbirkorlikning dunyo amaliyotlarini birlashtirish, biznes muhitni yaxshilash bo‘yicha barcha tavsiya va takliflarni muvofiqlashtirish hisoblanadi.
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan 2-global tadbirkorlik haftaligining dasturi:
2018-yil 12-noyabr (dushanba) – Biznes uchrashuvlar va muzokaralar kuni
2018-yil 13-noyabr (seshanba) – Tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish kuni
2018-yil 14-noyabr (chorshanba) – Toshkentda investisiya va biznes kuni
2018-yil 15-noyabr (payshanba) – Innovatsiya va startaplar kuni
2018-yil 16-noyabr (juma) – Moliya va investisiyalar kuni
2018-yil 17-noyabr (shanba) – Biznesning ijtimoiy mas’ulligi kuni
2018-yil 18-noyabr (yakshanba) – Madaniyat va O‘zbekiston hududlari bilan tanishuv kuni.
To‘liq ma’lumot uchun: http://gew.genuzbekistan.uz/uz