TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva “Xalq diplomati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
2021-yil 2-iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov tashrif buyurib, o‘zaro hamkorlik rejalari muhokama qilindi.
❗️Uchrashuv yakunida, SHHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva yurtimizda va xorijda xalq diplomatiyasi rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun “Xalq diplomati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.