2018/2019 o‘quv yili uchun shartnoma to‘lovlarining ikkinchi yarmini to‘lash muddati uzaytirildi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 25- martdagi 16-son bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga 2018/2019 o‘quv yili uchun shartnoma to‘lovlarining ikkinchi yarmini to‘lash muddati joriy yilning 15 apreliga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.