Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

2022- yil 3- dekabr sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Kengashining 4-sonli majlisi o’tkazildi.

05.12.2022, 18:14 Yangiliklar 1238

Majlis avvalida, joriy yilning sentabr oyida falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan, “Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik” kafedrasining katta o’qituvchisi N.Saidovaga falsafa doktori diplomi topshirildi. So’ng, universitet Kengashi an’anaga muvofiq, sharqshunoslik sohalari bo‘yicha dolzarb bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi muhim masalalar tahliliga bag’ishlangan, universitet professorning ilmiy ma’ruzasi bilan boshlandi. Mazkur majlisda tarix fanlari doktori, professor Mirsodiq Isxoqov “Islomgacha davr tarixiy va adabiy manbashunoslik masalalariga doir” mavzuidagi ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruza qizg’in muhokama bilan yakunlandi.

photo_2022-12-05_17-27-34
Kun tartibidagi dolzarb masalalar biri – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari, OO‘MTV hay’at qarorlari va buyruqlari, fuqaro murojaatlari hamda universitet rektorining ichki buyruqlari, Kengash qarorlari ijrosi masalasi “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring” bo’limi boshlig’i F.Zokirjonova tomonida batafsil o’qib eshittirildi.

photo_2022-12-05_17-32-32

“Ogahiy hayoti va ijodi – yoshlar tarbiyasi uchun namuna” yo‘nalishida berilgan topshiriqlarni amalga oshirish bo‘yicha 1- prorektor Q.Omonov so’zga chiqib, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

photo_2022-12-05_17-28-14
TDSHU fakultetlari tomonidan Xalqaro reytinglar, xususan, BMTning dunyoni o’zgartirishga yo’naltirilgan 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bo‘yicha qilingan ishlar haqida fakultet dekanlari so’zga chiqib, batafsil axborot berdilar. Amalga oshirilgan ishlar tahlili, qilinishi lozim bo’lgan vazifalar belgilab olindi. Xalqaro hamkorlik aloqalari hamda ilmiy salohiyatni oshirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Universitet faoliyatiga doir, turli masalalar doirasida, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Ilmiy-innovatsion kengashini tashkil etish masalasi bo’yicha kengash kotibi L.To’rayev so’zga chiqib, kengash tarkibi bilan tanishtirdi. TDSHU lmiy-innovatsion kengashini tashkil etish taklifi bir ovozdan ma’qullanib, Kengash tarkibi tasdiqlandi.

photo_2022-12-05_17-34-00

Joriy yilning oktabr-noyabr oylarida xorijiy safarda bo’lgan TDSHU rektori G.Rixsiyeva, 1-prorektor Q.Omonov, kafedra mudiri D.Madaminovaning Hindiston hamda Turkiya safari hisoboti tinglandi. Xalqaro hamkorlik, ilmiy va akademik almashinuvni yo’lga qo’yish, nufuzli xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlarida malaka oshirishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

photo_2022-12-05_17-34-20

Majlis yakunida prorektor A.Vaxidov so’zga chiqib, jahonning “TOP-500” oliy ta’lim muassasalari ro’yxatiga kirgan – Xitoyning Fudan universiteti bitiruvchisi, TDSHU Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi o‘qituvchisi Qurolova Sayyora Turg‘un qiziga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.