2025/2026-o’quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan universitet jamoatchilik kengashi uchrashuvi oʻtkazildi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Jamoatchilik Kengashining kafedra mudirlari, professor-o’qituvchilari bilan 2025/2026-o’quv yiliga tayyorgarlik va yangi mehnat shartnomasini tuzish yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda kengash a’zolari va kafedra professor-o’qituvchilari o’quv dasturlarining yangilanishi, yangi o’quv kurslarining joriy etilishi va o’qituvchilarning malakasini oshirish bo’yicha ko’rib chiqildi.
Shuningdek, mehnat shartnomasini yangilash, o’qituvchilarning huquq va majburiyatlarini muvofiqlashtirish, oʻquv yilida akademik hamkorlik, stajirovkalar va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, yosh professor-o’qituvchilar va stajyorlarni tayyorlash, ularni mehnat shartnomasiga kiritish va rag’batlantirish bo’yicha rejalar muhokama qilindi.
Joriy yilda talabalarning sifatli ta’lim olishlari, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jamoat tadbirlari, to’garaklar va loyihalarda talabalar ishtirokini taminlash, talabalarning tashabbuslarini o’rganish, raqobatbardosh ta’lim muhitini yaratish bo’yicha takliflar bildirildi.



