2025-yil 31-may kuni universitet Kengashining 10-son yig‘ilishi bo’lib o’tdi
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hay’at qarorlari va buyruqlari ijrosi masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ilmiy kengash an’anasiga muvofiq, o’qituvchi va xodimlarning yubiley ayyomlari bilan qutlandi. Yapon tilidan Markaziy Osiyo notiqlik san’ati tanlovi g’olibi TDSHU Yaponshunoslik oliy maktabi talabasi Temur Samandarov va ustozlari tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
Sharqshunoslik sohalari bo‘yicha dolzarb “O‘zbekistonda etnoturizmning rivojlantirish imkoniyatlari (Rishton, Chust, Yangiqo’rg’on va Boysun tumanlari misolida)” mavzuidagi ilmiy ma’ruza qilindi.
Kengash davomida TDSHU fakultetlarida xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, 2025-2026 o‘quv yiliga xorijiy o‘qituvchilar va chet ellik talabalarni jalb qilish takliflari xususida so’z bordi.
Shu bilan birga, 2025-yil 3-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul bo‘yicha o‘tkazilgan imtihon natijalari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 9-yanvardagi 6-son buyrug‘i ijrosi bo‘yicha Raqamli texnologiyalar markazi faoliyati haqida axborot berildi.








