Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

2025-yilning 4-oktabr kuni universitet Kengashining 2-son yig’ilishi bo’lib o’tdi

04.10.2025, 18:32 Yangiliklar 286

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Hay’at qarorlari va buyruqlari ijrosi masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-sonli qarori ijrosini ta’minlash, ya’ni respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish va mahalliy hamda xorijiy turistlar sonini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan axborot berildi.

Yig‘ilish davomida 2025/2026 o‘quv yilida qabul qilingan magistrantlarning dissertatsiya mavzulari bazasi tasdiqlandi va Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan tanlov doirasida taqdim etilayotgan ilmiy-amaliy loyihalar ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, 1-kurs maktabi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda “Ma’rifat darslari”ni o‘qitishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Undan tashqari, Universitet xodimlarining xorijiy safarlari bo‘yicha axborot berildi va ayrim ilmiy ishlanmalarni nashrga tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi.