Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

2026-yil 27-mart kuni TDSHUda 8-sonli Universitet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

27.03.2026, 17:33 Yangiliklar 111

2026-yil 27-mart kuni TDSHUda 8-sonli Universitet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Hay’at qarorlari va buyruqlari ijrosi yuzasidan axborot berildi.

Shuningdek, xorijlik professor-o‘qituvchilarning universitetdagi faoliyati muhokama qilinib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi. Magistratura bosqichi talabalari hamda ularning ilmiy rahbarlari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan attestatsiya natijalari, shuningdek, 2-bosqich magistrantlarining ilmiy-amaliyot (stajirovka) yakunlari bo‘yicha tahliliy hisobot eshitildi.

Yig‘ilish davomida turli masalalar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, universitetda “Yozgi maktab” tashkil etish hamda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.