Vengriyaning Etvosh Lorand nomidagi Budapesht universitetining Sharqshunoslik instituti direktori Benedek Peri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2021-yil 14-iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Vengriyaning Etvosh Lorand nomidagi Budapesht universitetining Sharqshunoslik instituti direktori Benedek Peri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda TDSHU hamda Etvosh Lorand nomidagi Budapesht universiteti o‘rtasida turkshunoslik sohasini rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar va kelgusida ushbu sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar muhokama qilindi.