“Qadring baland boʼlsin, ona tilim” anʼanaviy tanlovi bu yil oʼzbek tilini rivojlantirishga oid ilmiy faoliyatni ragʼbatlantirish maqsadida “Oʼzbek tilini rivojlantirishga doir eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha” nominatsiyasini eʼlon qiladi‼️
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2021/07/photo_2021-07-27_15-19-53-1024x651.jpg)
✅ Tanlov Innovatsion rivojlanish vazirligi, Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda Oʼzbek tilini rivojlantirish jamgʼarmasi bilan hamkorlikda oʼtkazilmoqda.
✅ Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar til-tanlov@mininnovation.uz elektron pochtasi orqali joriy yilning 31 iyuliga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
✅ Tanlov bilan bogʼliq masalalar boʼyicha Innovatsion rivojlanish vazirligining qoʼllab-quvvatlash xizmati: +99871 203-32-23 (232).
Batafsil: https://mininnovation.uz/uz/competitions/3174