Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Bugun, TDSHU Vasiylik kengashi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

28.07.2021, 21:28 Yangiliklar 1839

2021-2022- o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish maqsadida bugun, 28- iyul kuni TDSHU Vasiylik kengashi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Kengash ishini  TDSHU rektori G. Rixsiyeva kirish so’zi bilan ochib berdi va kun tartibiga qo’yilgan  masalalar bilan qatnashchilarni  tanishtirdi.
Kun tartibiga qo’yilgan masalalar:

– Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 30-iyundagi 287-son buyrug’i bilan qayta tasdiqlangan Vasiylik kengashi faoliyatini tashkil etish; 

– TDSHUning 2021-yilning birinchi yarim yillik faoliyati  natijalari; 

– 2021-2022- o`quv yiliga tayyorgarlik hamda 2021-yilning ikkinchi yarmida universitetning ta’lim xizmatlari bo’yicha belgilangan vazifalari va istiqbollari; 

– Universitetning 2021-yil uchun shtatlar jadvaliga kiritiladigan o’zgartirishlar va tarkibiy tuzilmasi; 

– Universitet faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish bo’yicha fikr-mulohazalar va takliflar.

Kun tartibiga qo’yilgan masalalar bilan tanishtirilgandan so’ng, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari, Vasiylik kengashi raisi K. Karimov universitetning kelgusi taraqqiyotida ilmiy markazlarning ahamiyati haqida fikr bildirdi. Navbatdagi kengash a’zosi, yirik tarixchi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti direktori A. Ziyo universitetning ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy kutubxonalarning muhimligi haqida to’xtaldi. TDSHUning iqtisod, o’quv, yoshlar, ilmiy va xalqaro yo’nalishlari mas’ullari joriy yilning birinchi yarim yilligi faoliyati natijalari bo’yicha Vasiylik kengashi a’zolarini tanishtirdilar.

37BE832F-D3E0-4412-87EF-3D23E3A7925B

E0A0118F-371E-4B0C-AE5C-350DB4965AC5

AE7D35B6-4512-4EE5-A5D5-D86AE3D8F23B