3 oy davom etgan onlayn darslardan keyin TDSHU talabalari Turkiya Respublikasiga sayohat yo’llanmasini qo’lga kiritishdi
2021-yil 31-martdan 14-aprelga qadar Turkiya Respublikasi “Yurtdışı Türkler ve akraba topluluklar” vazirligining tashabbusi bilan ilk marotaba tashkil etilgan “Avrasya Gençlik Okulu” dasturiga Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti va Toshkent Davlat A.Navoiy Universitetida Turk tilidan saboq oluvchi jami 600 dan oshiq ariza topshirgan talabalar orasidan bir qancha talabalarimiz 30 talikka kirishga muvaffaq bo’lishgan edi. 3 oy davom etgan onlayn darslardan keyin dastur o’z nihoyasiga yetdi va TDSHU da tahsil olayotgan quyidagi talabalar:
Akhmedova Ozoda, Holmirzayeva Oqilaxon, Bobur Hakimov, Elnuri Nazarova, Gulbahor Alijonova, Mehribon Rahimova va Hamida Tillayevalar eng faol qatnashuvchilar deb saralab olinib, shu yilning 22-29-avgust kunlari Turkiya Respublikasiga barcha harajatlar to’liq qoplanadigan sayohat yo’llanmasini qo’lga kiritishdi.
Talabalarimizni tabriklaymiz!