Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

21 oktabr –“Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun

19.10.2018, 19:18 Yangiliklar 3233

2018-yilning 19-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 21 oktabr –“Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda institut rahbariyati, professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni institut rektori professor A.Mannonov ochib berdi va barchani ushbu bayram bilan muborakbod etgan holda tilimizni qadrlash, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida to’xtalib o’tdi.

Tadbir institut Yoshlar Ittifoqi BT, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi va ijodkor yoshlar tomonidan tayyorlangan go’zal kuy va qo’shiqlar, sahna chiqishlari va rasqlarga boy bo’ldi. Tadbirda institutimizda o’qib, o’zbek tilini o’rganayotgan xorijlik talabalar, dars berayotgan chet ellik o’qituvchilar ham faol ishtirok etishdi.

Barchangizni  21 oktabr –“Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun munosabati bilan chin yurakdan tabriklaymiz!

Ming yillarkim, bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.                (A.Oripov)

IMG_20181019_191946 IMG_20181019_191944 IMG_20181019_191942 IMG_20181019_191939 IMG_20181019_191934