Bugun yurtimiz bo‘ylab xayriya hashari o‘tkaziladi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining qadrli jamoasi
Xabaringiz bor, hukumat farmoyishiga ko‘ra, 2021-yilning 21-avgust mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari kuni etib belgilandi.
Barchangizni eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida o‘tkazilayotgan ushbu xayrli tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Universitetimiz, ish joylarimiz, qolaversa, xonadonlarimizni tartibga keltirsak, qut-barakamiz ham shunga yarasha bo‘lishi shubhasizdir.