TDSHU jamoasi mamlakatimizda o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishdi
Bugun 20-avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi mamlakatimizda o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishdi. Universitet professor-o‘qituvchilari o‘quv xonalari, kafedra va ish joylarini hashar davomida tozalash va tartibga keltirish ishlarini amalga oshirdilar hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan shug‘ullandilar.