Mukofot muborak bo’lsin
🎊XUSHXABAR
TDSHU rektori, dotsent Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-maydagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar! Taqdirlash marosimi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim tizimi taraqqiyoti yo‘lida hamisha kamarbasta va na’muna bo’lgan rektorimiz va Ustozimiz Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovnani mukofot bilan butun universitet jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz.
Gulchehra Shavkatovna, biz siz bilan faxrlanamiz🎉.
TDSHU matbuot xizmati