“O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida do’stlik aloqalarini mustahkamlashda xalq diplomatiyasining o’rni” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya tashkil etildi
Elchixona ko’magida Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi hamda O’zbekiston va Yaponiya do’stlik jamiyatlar bilan hamkorlikda “O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida do’stlik aloqalarini mustahkamlashda xalq diplomatiyasining o’rni” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya tashkil etildi.
O’zbekiston va Yaponiya o’rtasidagi do’stona munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari, xususan, madaniy-gumanitar, sayyohlik, ta’lim va savdo-iqtisodiy sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda xalq diplomatiyasining o’rni muhokama qilindi.
Tadbir yakunida O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan turli madaniy tadbirlarni o’tkazish bo’yicha qo’shma takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan bog’liq vaziyat barqarorlashganidan so’ng o’zaro delegatsiyalar almashinuvini qayta boshlash to’g’risida kelishuvga erishildi.