O‘zbek olimining tadqiqoti turkiy kengash tomonidan nashr etildi
Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy Kengash tomonidan ulug‘ tilshunos Mahmud Koshg‘ariyning “Turkiy so‘zlar devoni” (“Devonu lug‘ati-t-turk”) asari chop ettirildi. Kitobni o‘zbek turkologi, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining professori Qosimjon Sodiqov nashrga tayyorlagan.
Kitob taqdimoti Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Turkiy kengash kotibiyati, Istanbul va Marmara universitetlari hamkorligida tashkil etilgan “Mahmud Qoshg‘ariyning ilmiy merosi va uning uchinchi mingyillik turkologiyasi rivojidagi o‘rni” mavzuidagi xalqaro konferensiya doirasida Turkiyaning eng nufuzli Istanbul universitetida o‘tkazildi. Taqdimotda sohaning yetakchi olimlari, keng ilmiy jamoatchilik ishtirok etdi.
Bu haqida batafsil TDShU professori, f.f.dok Qudratulla Omonovning “UZA” muhbirlariga bergan intervyusi orqali tanishishingiz mumkin👇🏻
https://uza.uz/uz/posts/ozbek-olimining-tadqiqoti-turkiy-kengash-tomonidan-nashr-etildi_309528
TDSHU matbuot xizmati