“Jomi’ ahkom as-sig‘or (Bola huquqlari kodeksi)” asarining o‘zbek tilidagi ilk nashri taqdimotiga taklif etamiz
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2021/10/89E207C3-2A2C-4986-B131-0016FE2556E2-755x1024.jpeg)
2021- yil 12- oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda alloma Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning “Jomi’ ahkom as-sig‘or (Bola huquqlari kodeksi)” asarining o‘zbek tilidagi ilk nashri taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Unda TDSHU, Markaz va Xalqaro islom akademiyasi olimlari, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar va talabalar hamda OAV xodimlari ishtirok etishadi.
Kitob taqdimoti 2021 yil 12- oktabr kuni 14:00 da Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 20- uyda joylashgan binosida bo‘lib o‘tadi.
Barcha qiziquvchilarni ushbu tadbirga taklif etamiz.